

"Aristokratlar" rahbariyati 47 yoshli mutaxassis qo'l ostida jamoa qayd etayotgan natijalardan qoniqmayapti. Shu sababli murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkin. O'z navbatida, Potter "Chelsi" bilan 50 mln funt sterling maosh belgilangan 5 yillik shartnomaga ega. Agarda murabbiyni muddatidan avval ishdan ozod etishsa, klub ushbu summani to'lab berishi talab etiladi.
Hozirgi kunga kelib "Chelsi" APLda 9-o'rinni egallab turibdi va YCHL "zona"sidan 10 ochkoga ortda qolmoqda.



