Portugaliyadan ta’sirli hikoya. "Sporting" uyi yonib ketgan ayolga yordam berdi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2024, 13:00
Yaqinda Mariya Elvira qayg'uga duch keldi.

Yong'in uning uyini butunlay vayron qildi. U faqat bir nechta narsalarni saqlab qoldi, shu jumladan klub atributikalarini ham.



Internetda vayron bo'lgan bino yonida turgan keksa ayol tasviri tarqalib ketdi, uning oldida "Sporting" deb yozilgan taxtacha ham bor edi.

Muxlislar xayriya akciyasi e'lon qildi, klub esa yoshi ulug' muxlisani stadionga taklif etdi. U o'yin oldidan jamoa bilan birga suratga tushdi – arena bo'ylab qarsaklar sadosi yangradi.

Hamma qayg'u, hech bo'lmaganda biroz vaqtga unut bo'ldi. Mariya haqiqiy baxtni his qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sporting.pt