Portugaliya terma jamoasi Irlandiyani yirik hisobda engdi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2014
Hozirgina AQSHning Ist-Ruterford shahrida jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Portugaliya terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Irlandiyaga qarshi o'tkazdi.
O'yinda Paulu Bentu shogirdlari yirik 5:1 hisobida zafar quchishdi.

Ugu Almeyda dublga erishgan bo'lsa, Adelinu Vieyrinya va Fabio Koentrau o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. Yana bir gol avtogol sifatida Richard Kiog hisobiga yozildi. Yagona javob to'pini Jeyms Makklin kiritdi.

Takidlash joiz, Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va 65-daqiqada zaxiraga olindi. Ronaldu avvalgi o'yinlarda maydonga tushmagandi.

IRLANDIYA – PORTUGALIYA – 1:5

Gollar:
Almeyda, 3 (0:1); Kiog, 20 (0:2, avtogol); Almeyda, 37 (0:3); Makklin, 52 (1:3); Vieyrinya, 77 (1:4); Koentrau, 83 (1:5).

Ogohlantirishlar: Makklin, 56; Pirs, 80 (ikkisi ham Irlandiyadan)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com