"Portu" yarim himoyachisi Yevropa top-klublari e'tiborini tortdi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2022, 21:10
Yevropaning bir qancha klublari "Portu" a'zosi Vitinyaga qiziqish bildirishmoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchi uchun asosiy da'vogarlar – "Liverpul", "Bavariya" va "Lacio". Qayd etilishicha, "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o'zi futbolchiga jiddiy qiziqmoqda.

22 yoshli xavbekning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 40 million evroni tashkil etadi, biroq "Portu" u bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Vitinya joriy mavsumda Portugaliya chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 2 marta ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: O Jogo