"Portu" Kolumbiya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
5 avg 2019, 14:27
"Portu" Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mateus Uribe bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda "Portu" rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bitim shartlari esa oshkor qilinmayapti.

"Ajdarlar" Meksikaning "Amerika" klubiga 9 million evro to'ladi. Kolumbiyalik futbolchi ilk bor Yevropada o'ynaydigan bo'ldi.

28 yoshli futbolchi "Portu"ga qadar "Deportivo Espanol", "Envigado", "Deportes Tolima", "Atletiko Nasonal" va "Amerika" klublari sharafini himoya qilgan.

O'yinchi 2017 yildan buyon Kolumbiya terma jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcporto.pt