Pop yulduzi “Ipsvich” homiysiga aylandi

Eldor Akmurzayev
6 may 2021
Britaniyalik mashhur qo'shiqchi Ed Shiran “Ipsvich” homiysiga aylandi.

Shartnoma bir yilga tuzilgan bo'lib, pop yulduzining maxsus logotipi erkaklar va ayollar jamoalarining formasiga tushuriladi. “Ipsvich” Angliya 3-divizionida ishtirok etadi.

“Ko'klar” chempionat joriy mavsum 45-turidan keyin 66 ochko to'plagan holda jadvalda 9-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/ipswichtown