Policiyaga PSJ prezidenti ustidan ariza tushdi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2024
PSJ prezidenti faoliyati yuzasidan tekshiruv boshlandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Nosir Al Helayfi "norasmiy ish bilan taminlash" va "aholining zaif guruhini eksplauataciya qilish"ni tashkillashtirishda ayblanmoqda.

Qatarlik tadbirkorga qarshi ayblovlarning uning marokashlik sobiq uy xo'jaligi bo'yicha xodimi Hicham Karmussi ilgari surdi, u ko'p yillar davomida Al Helayfiga mehnat shartnomasisiz ishlaganini ma'lum qilgan.

Shu bilan birga PSJ prezidenti Fransiya hududida noqonuniy ishlash uchun to'rt nafar filippinlik xizmatkorlarni yollagani aytilgan.

Parij prokuraturasi ariza tekshiruv uchun 16-okrugning policiya bo'linmasiga taqdim qilinganini tasdiqladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ouest-France