Policiya nemis futbol ittifoqida tintuv ishlarini o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2015, 17:12
Nemis policiyasi soliq to'lashdan qochish ishi bo'yicha Germaniya futbol ittifoqining (DFB) shtab-kvartirasida tintuv o'tkazdi.

Oldinroq DFB 2006 yilgi jahon chempionatini Germaniyada o'tkazish uchun FIFAning to'rt vakilini sotib olganligi haqida OAVda ma'lum qilingan edi. Shu bilan birga, FIFA mansabdorlarini sotib olish uchun "qora kassa" yaratilganligi haqida ham xabar berilgan. O'shanda Adidas firmasini boshqargan Robert-Luis Dreyfus 10,3 mln. funt miqdoridagi bu fond mablag'ini "Bavariya" faxriy prezidenti Franc Bekkenbauerga bergan. Bekkenbauer 2006 yilda FIFA prezidenti Yozef Blatter bilan til biriktirganligi haqida DFB prezidenti Volfgang Nirsbax ma'lum qildi. Bekkenbauerning bundan juda jahli chiqdi va Nirsbaxni sudga berishi mumkinligini aytdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Spiegel