Policiya "Inter" - "Yuventus" o'yinida ishlagan hakam uyini qo'riqlamoqda

Aslanov Jasurbek
2 may 2018, 15:18
"Inter" hamda "Yuventus" o'rtasidagi A Seriyaning 35-tur uchrashuvini boshqargan bosh hakam Daniele Orsato uning ishidan norozi bo'lgan muxlislar tomonidan tanqid qilindi va tahdidlarga uchradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Orsatoga bo'lgan ko'plab tahdidlardan so'ng u policiyaga murojaat qildi va endi xavfsizlikni saqlash xodimlari referi uyini nazorat qilishmoqda. Italiyalikning xotini so'zlariga ko'ra, tahdidlar jiddiy va endi uning oilasi o'z xavfsizligidan havotirda.

"Inter" - "Yuventus" o'yinidan so'ng birinchi bo'limda mezbonlar yarim himoyachisi Matias Vesinoni chetlatgan Orsato ko'plab tanqidlarga uchragan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia