Policiya "Barselona" - "Real" o'yini oldidan xavfsizlikni kuchaytirishni boshladi

Alisher
18 dek 2019, 16:25
Kataloniya policiyasi (Mossos d`Eskvadra) bugun bo'lib o'tadigan El Klasiko oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Huquq-tartibot xodimlari ikki ko'chada harakatlanishni qisman taqiqlab qo'yishdi. Aynan shu ko'chalardan ikki jamoa stadionga yetib keladi.

Bundan tashqari, policiyachilar o'yin oldidan futbolchilar joylashgan mehmonxona atrofida to'siqlar qurishdi.

Bularning barchasi Kataloniyadagi tartibsizliklar bilan bog'liqdir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Periódico