

Hammaga ma'lum bo'lgan ikkita haqiqat - barcha narsaning birinchi martasi bo'ladi va futbolda deyarli barcha davlatlarda qachondir oltin avlod shakllanadi.
Bu ikkala omil O'zbekiston uchun Turkiyada bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida birga mujassamlashdi. Axmadjon Musaev shogirdlari musobaqaning eng qiziqarli jamoalaridan biri bo'lmoqda.
O'rta Osiyoda joylashgan, 30 millionga yaqin aholiga ega, dengizgacha ikkita quruqlikdagi davlatlardan o'tishi lozim bo'lgan yurt vakillari tarixlarida birinchi bor ushbu musobaqaning chorak finaliga yetib kelishdi. Hozirgi jamoadan 6 futbolchi 2011 yilda Meksikada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham chorak finalgacha yetib borishgandi. Shularga asoslanib, 1994 yillarda tug'ilgan futbolchilar guruhi haqiqiy imkoniyatlarini va katta yutuqlarga erishishi mumkinligini ko'z-ko'z qilmoqda.
“Bizning avlodimiz uzoqqa borishi mumkin”, - deydi Igor Sergeev FIFA.COM saytiga bergan intervyusida. “Biz ushbu Jahon chempionatida o'zimizni ko'rsatmoqchiiz. Bundan tashqari biz shu o'yinlar orqali keyingi Olimpiada o'yinlariga ham tayyorlanib borayapmiz. Biz yillarga tatigo'lik juda zarur amaliyotga ega bo'layapmiz”.
Bo'yi 185 sm bo'lgan 20 yoshli bu hujumlarni yakunlovchi baquvvat hujumchidan maydonda ishonch va qatiyat ufurib turadi. U musobaqa kashfiyoti bo'lgan jamoasi foydasiga ikkita gol kiritishga ulgurdi. Ustiga ustak, Sergeev ikki yil avvalgi U-17 tarkibida bo'lmagan va 1994 yilda tug'ilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibiga kiritilmagan.
Toshkentning Paxtakor jamoasining o'sib kelayotgan yulduzi, o'zining ko'pchilik jamoadoshlaridan bir yosh katta. O'z-o'zidan bu, unga jamoa ierarxiyasida yuqori qatorlarda turishini taminlaydi. U Gretsiyaga qarshi nimchorak final o'yinida po'latdek mustahkam asablarini namoyish qildi. Hisob qaltis, 1:1 bo'lib turganida, Sergeev ishonch bilan penalti tepishni o'z bo'yniga oldi, va jamoasini chorak-final sari etakladi.
Asosan jussasi kichikroq, tezkor va chaqqon o'yinchilardan tashkil topgan jamoada, Sergeev baland bo'yi va haybatli jussasi, to'pni darvozaga orqasi bilan turib ushlab tura olishi hamda aniq zarbalari bilan ajralib turadi. U shuningdek o'zbekistonliklarning ajoyib qanot o'yinchilari tomonidan etkazib berilayotgan kesuvchi uzatmalariga tinmay ochilishga harakat qiladi. 17 raqamli bu futbolchini, qismlardan tashkil topgan boshqotirmaning haqiqatdan ham yakunlovchi bo'lagi desa bo'ladi.
Ammo jamoaning hozirgi muvaffaqiyatining siri nimada? “Biz juda yoshligimizdan birga o'ynab kelamiz. Biz bir birimiz haqimizda hamma narsani bilamiz va har bir futbolchi boshqasi nima qilmoqchi bo'lganini biladi. Biz maydonda ko'zimiz bog'langan holda ham bir birimizni tushuna olamiz”, - dedi Sergeev va kulib, qo'shimcha qildi: “Yana ko'pchilik futbolchilarimiz o'ta epchil va bu bizning eng asosiy kuchli jihatlarimizdan biri hisoblanadi. Albatta oldinda katta va baquvvat futbolchi kerak bo'ladi, va o'ylashimcha bu menman”.
Sergeev jamoaning eng hushchaqchaq futbolchilaridan va u hazillashishni o'z o'rniga qo'yadi. Ammo u jiddiy ravishda, O'zbekiston hozirda yoshlar o'rtasida Jahonning eng yaxshi 8 jamoasi bo'lishining sabablaridan yana biri, bu erkin yondoshuv ekanligini ta'kidladi.
“Biz juda ko'p hazillashamiz. Har doyim kimnidir tushuramiz. Ammo bizga hos jihat shuki, biz qachon hazil qilish va qachon jiddiy va e'tiborli bo'lish kerakligini bilamiz. Biz jamoa sifatida bu jihatda ancha shakllandik, futbolning mohiyati ham shunda. Xursandchilik va jiddiylik mutanosibligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz xohlagan paytda bu ikki holat orasida o'zgara olamiz”.
Gretsiya ustidan g'alabaga erishilgach, Sergeev va uning jamoadoshlari, bu daqiqa jamoasi uchun qanchalik muhimligini angladi. Bu futbolchilar uchun xursandchilik va hissiyotlarga erk berish payti edi. Futbolchining ovoziga g'urur ohangi singdi, ammo u hozirgacha erishilgan natijalarga nazar solarkan, kamgina xavotir ham yo'q emasdi. “O'zbekistondagi barcha uchun bu katta bayram. Biz tarix yaratdik. Va o'ylashimcha, bir necha kun o'tgachgina qanday yutuqqa erishganligimizni tushunib etamiz”.
Hujumchi jamoasining g'alabasiga hissa qo'shganlarga minnaddorchilik bildirishga shoshildi: “Biz bu g'alabamizni, bizni qo'llab qo'vvatlagan barcha fantastik darajadagi muhlislarimizga bag'ishlaymiz. Ular Turkiyada bizning ketimizdan yurib hamma joyda qo'llab quvvatlashmoqda, ular juda katta masofalarni bosib o'tishdi. Ularning qo'llab quvvatlashlari ajoyib”.
Keyingi jang shanba kuni, Rizo shahrida, o'yini borgan sari yaxshilanib borayotgan Fransiyaga qarshi bo'lib o'tadi. Ammo Pol Pogba, va uning jamoadoshlari, juda yaxshi shakllangan o'zbek jamoasiga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lsalar, qattiq terlashiga to'g'ri keladi. Buning ustiga ularni, Osiyo futbol ertagini keng yoyish jarayonida, chaqiriq va barabanlar bilan olg'a chorlovchi jonboz muhlislar qo'llab quvvatlaydi. O'zbekistonning oltin avlodi kubokni qo'lga kiritish yo'lida e'tiborni bir joyga jamlaydi, va bu hech qanday hazil emas.
Qobiljon Babaev tarjimasi.



