Pol Pogba diskvalifikaciyasi haqida: "Mashhur Pol Pogba endi yo'q"

Khoja
19 okt 2024, 08:09
Pol Pogba diskvalifikaciyaga uchraganidan so'ng ko'pchilik u bilan gaplashishni istamagani haqida gapirdi.

"Bu taqiq sodir bo'lganida hayot nima ekanligini tushundim. Mashhur Pol Pogba endi yo'q. Odamlar mendan qochib ketishdi. Meni moda haftaliklari va shunga o'xshash tadbirlarga taklif qilishardi. Endi esa ular: "Biz Pogbani chaqira olmaymiz", deyishmoqda. Do'stlarim ham oldingidek tez-tez qo'ng'iroq qilishmayapti", - deb fikr bildirdi fransiyalik hujumchi.

Ma'lumot uchun, yaqindagina Xalqaro Sport arbitraj sudi (CAS) 4 yilga futboldan chetlatilgan Pol Pogbaning appelyaciyasini qisman qanoatlantirib, chetlatish muddatini 18 oy qilib belgilagandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @uz_eksport