Pol Pogba: "Boshqa klubdan yangi chaqiruv olishning eng qulay payti kelgan bo'lishi mumkin"

16 iyun 2019, 16:20
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yangi joydan taklif kutayotganini aytib o'tdi.

"Aytganingizdek, bu borada ko'plab fikrlar va muhokamalar bo'ladi. Manchestyerda 3 ta yaxshi mavsum o'tkazdim. Ha, hamma qatori yaxshi va yomon paytlar ham bo'ldi. O'tgan mavsum men uchun eng yaxshisiga aylandi.  Boshqa klubdan yangi chaqiruv olishning eng qulay payti kelgan bo'lishi mumkin Qayerdandik yangi taklif olish haqida o'ylayman", - deydi Pogba.



26 yoshli fransiyalik yarim himoyachiga "Real" va "Yuventus" davogarlik qilmoqda. MYU futbolchini 150 million evro evaziga sotishni mo'ljallagan.

O'tgan mavsum Pogba APLning 35 o'yinida 13 ta gol urib, 8 ta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: theguardian.com