Pogbaning "Yuventus"ga o'tishi deyarli ilojsiz

Aslanov Jasurbek
9 okt 2021, 23:39
Bunga futbolchining yuqori maoshi sabab.

"Manchester Yunayted" klubi futbolchisi Pol Pogbaning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, Pobganing yuqori maoshi bu transferni "Yuve" uchun deyarli imkonsiz ishga aylantirmoqda. Futbolchi erkin agent bo'lib o'tgan taqdirda ham, bu vaziyatni yumshatmaydi. Pogba yiliga eng kamida 15 mln evro maosh so'ramoqda. "Yuventus" esa bunday katta maoshni to'lay olmaydi. Jamoa Pogbaning o'rniga, "Monako" vakili Orelen Tchuamenini sotib olishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport