Pogbaning oyog'i jarohatlangan

Mirjalol Normatov
10 okt 2019, 22:14
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning jarohati borasidagi ma'lumotlar oshkor qilindi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, fransiyalikning oyog'idagi barmog'i suyaklari singan. Ushbu jarohati bilan u 3 haftani o'tkazib yuboradi. Shuningdek, futbolchi yaqin vaqtlarda xirurgik tekshiruvlardan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Pogba Angliya Liga Kubogi doirasida "Rochdeyl"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe