Pogbaning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

Eldor Akmurzayev
26 iyul 2022, 08:55
“Yuventus” xavbeki Pol Pogba AQSHdagi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida jarohat oldi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida francuzning tizzasida muammolar yuzaga kelgan. Qayd etilishicha, Pogba 2 oyga yaqin muddatni davolanishda o'tkazadi.

11 iyul kuni 29 yoshli xavbek “Yuve”ga rasman qaytgandi. U 2012-2016 yillarda ham turinlik sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport