Pogba "Yuventus"ning bugun Yevropa Ligasi doirasidagi o'yin qaydnomasidan chiqarib yuborildi

Omonjon To`xtamirzayev
9 mar 2023, 18:00
Bugun tunda "Yuventus" Yevropa Ligasi 1/8 final doirasida "Frayburg"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Ushbu bellashuvda avvaliga turinliklar qaydnomasiga kiritilgan yarim himoyachi Pol Pogba ishtirok etmaydi.

Yaqindagina jarohatidan qutilib, safga qaytgan Pol jamoaning yig'iniga kech qolgan va Maks Allegri buni kechirmagan.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia