Pogba "Yuventus" bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi
Aslanov Jasurbek
24 okt 2014, 17:29
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba o'z klubi bilan kelishuvni 2019 yilgacha uzaytirdi.
Pogba 2012 yilda turinliklar bilan shartnoma tuzgan edi. O'shandan beri u ikki martadan Italiya chempionati va Kubogida g'olib bo'ldi. Futbolchi bu mavsumda milliy chempionatda oltita o'yin o'tkazib, bitta golga mualliflik qilgan.