Pogba "Yuve" libosida mashg'ulot o'tkazdi

19 mar 2020, 02:50
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba ayni paytda koronavirus paydemiyasidan qattiq aziyat chekayotgan Italiya aholisini qo'llab-quvvatlash maqsadida Turinning "Yuventus" klubi libosida kichik mashg'ulot o'tadi.

Futbolchi "Yunayted"dagi jamoadoshi Viktor Lindelyof bilan suratga olgan videotasvirini o'zining instagram'dagi sahifasiga joyladi va ostiga quyidagicha izoh qoldirdi:

"Bilaman, siz beparvosiz va faqat o'z futbolchingizning "Yuventus" futbolkasida ekanini muhokama qilasiz. Men, shunchaki, o'z do'stlarimni qo'llab-quvvatlamoqchi bo'ldim... Faqat shu, boshqa hech narsa yo'q".

Ma'lumot uchun, Pol tasvirda hamyurti Blez Matyuili libosida ko'rinish beradi. Videoni tomosha qilish

Avvalroq Pogba "Manchester Yunayted"ni tark etib, "Yuventus"ga o'tishni xohlayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Pogba baribir "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi

O'xshash yangiliklar


Manba: instagram.com/p/B94Z38YFWdv/