Pogba: “Sulsher jamoada qolishini istaymiz”

20 mar 2019, 19:44
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba jamoasi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Albatta biz barchamiz u jamoada qolishini istaymiz. Natijalarimiz a'lo darajada. Men u bilan ajoyib munosabatdaman, Sulsher ham futbolchilar bilan juda yaxshi munosabatni o'rnata olgan.

Qachonki futbolchi jamoasidan rozi bo'lsa, u doim shunday bo'lishini istaydi. Sulsher aynan shuning uchun ham hurmatga loyiq. U klubni va klub haqida hamma narsani biladi.

Murabbiyimizning asosiy muvaffaqiyati futbolchilarda o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytara olganida, deb bilaman. Bu bizga erkinlik berdi, yana futboldan zavq ola boshladik”, deydi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports