Pogba “Real”ga o'tsa, MYUdagidan ko'ra ikki barobar kamroq maosh oladi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2019
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba tumanli Albionni tark etmasligi tobora oydinlashmoqda.

Fransiyalik futbolchi bilan olib borilgan muzokaralar davomida “qirollik klubi” unga yiliga 10-12 mln. evro atrofida maosh taklif qilgan. Biroq, Pogba bu mablag'dan norozi bo'lgan. Sababi, u MYUda yiliga deyarli 2 barobar ko'p pul (22,1 mln.) topadi.

Transfermarktʼning ma'lumotlariga ko'ra Pol Pogbaning transfer summasi 90 mln. evroga baholangan. Xavbek joriy mavsum “qizil iblislar” safida 37 o'yinda maydonga tushib, 14 bora gol urgan holda 11ta asistni o'z hisobiga yozib qo'ygan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS