Pogba jamoadoshlari taklifini yerda qoldirdi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 13:13
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Liga Kubogidagi g'alabadan keyin jamoaviy kechki ovqatga bormadi.

MYUning bir qancha futbolchilari Xuan Mataning restoranida yig'ilishdi. Kechki ovqatni David De Xea tashkillashtirdi. Kechaga Fil Jons, Garri Maguayr, Pol Pogba, Eshli Yang va Markos Roxo kabi futbolchilar ham taklif qilingandi. Biroq ular kechki ovqatga borishmadi.

"Qizil iblislar" ertaga tunda "Arsenal"ga qarshi bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express