

Goal xabariga ko'ra, 31 yoshli francuzga Londonning Fulhem klubi da'vogarlik qilmoqda. 29 yoshli futbolchi aynan shu taklif qilishni o'ylamoqda. Sababi yarim himoyachi faoliyatini TOP ligalarda davom ettirishni reja qilgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning avgust oyida Pogbaning doping-testi musbat natija ko'rsatgandi. 29 fevralda antidoping sudi futbolchini 4 yilga diskvalifikaciya qilish qarorini tasdiqladi. Sud diskvalifikaciya to'g'risida qaror qabul qilgach, Pol apellyaciya shikoyati berdi. 7 oktyabr kuni Sport arbitraj sudi (CAS) fransiyalik yarimhimoyachining diskvalifikaciya muddatini 18 oyga qisqartirganini e'lon qildi. Shu tariqa u 2025 yilning mart oyidan rasmiy o'yinlarga qaytishi mumkin bo'ladi.



