Podolskining agenti: Italiya – Lukas uchun qulay variant

Narzulla Saydullayev
25 avg 2014, 09:53
Arsenal hujumchisi Lukas Podolskiga Italiya klublari qiziqmoqda, buni futbolchining agenti Ali Pektas tasdiqladi.
– Italiya – qiziqarli variant, u yerda chiroyli futbol namoyish etiladi, Appeninda bir nechta Yevropa darjasidagi klublar bor.

Napoli hozirgacha biz bilan rasmiy aloqaga chiqqani yo'q.

Lukas jismonan ajoyib formada. Albatta, u ko'proq maydonga tushishni istaydi.

Yuventus? Biz har qanday taklifni ko'rib chiqishga tayyormiz. Lukas uchun maoshdan ko'ra ko'proq maydonga tushish muhimroq, – deydi agent.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru