Pochettino "Tottenxem" qachon yangi stadionda o'ynashini aytdi

Aslanov Jasurbek
26 sen 2018, 15:29
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubning yangi stadioni qurilishi va uning taxminiy ochilish muddati haqida aytib berdi.

"Yangi stadion shu yili ochilishiga ishonchim komil. Levi bilan bu haqida suhbatlashdik va rahbariyat ham gaplarimga qo'shiladi. Stadion bu yil ochilishi uchun ter to'kib ishlashmoqda. Rojdestvogacha yangi stadionda o'ynaymiz deb umid qilaman.

Levi bilan har kuni suhbatlashyapmiz. Bazida u stadion haqida gap boshlaydi, bazida esa bu haqida so'rayman. Bu fikrlarimdan so'ng Deniel meni o'ldirmasa kerak. Balki aksi bo'lar" - deydi Pochettino.

Oldinroq, "Tottenxem" joriy mavsumni "Uembli"da o'tkazishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com