Pochettino: "Stadion bilan bog'liq vaziyat "Tottenxem"ga ta’sir qilmoqda"

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2019, 13:14
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning so'zlariga ko'ra, jamoaning o'yiniga ochilishi kechiktirilayotgan stadion ta’sir qilmoqda.

"Biz sentyabr oyida yangi stadionga ko'chishimiz kerak edi. Fevral keldi va hozirgacha qachon yangi arenada o'ynashimizni bilmaymiz. Bu klub prezidenti Daniel Levi va rahbariyat obro'si uchun salbiy holat, chunki ular ishni o'z vaqtida bitkiza olishmadi.

Bu jamoaga va klubda ishlayotgan barchaga ta’sir qiladi. Shunday ekan pozitiv kayfiyatni saqlab qolishim kerak. Bizga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi kerak" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports