Pochettino Ramos qachon safga qaytishini bilmaydi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2021, 21:29
"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ispaniyalik futbolchi Serxio Ramosning tiklanish vaqti yakunidan hali xabardor emasligini aytdi.

"Biz Serxio bilan bog'liq jarayonni har kuni kuzatib boryapmiz. U tezroq qaytishiga umid qilamiz, lekin hozircha bu qachon sodir bo'lishini aniq aytolmaymiz", – dedi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, Ramos 2021 yilning iyulida erkin agent sifatida PSJ futbolchisiga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe