Pochettino rad etgan o'ringa Skott Parker kelishi mumkin

22 sen 2022, 11:41
Fransiyaning “Nicca” klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash uchun harakatlarida davom etadi.

Liga 1 vakili ayni damda bir qancha variantlarni o'rganib chiqmoqda. Klub sport direktori Mudi avgust oyida “Bornmut”dan iste'foga chiqarilgan 41 yoshli mutaxassisni tanlovlardan biri sifatida ko'rmoqda. Avvalroq agentinalik Maurisio Pochettino Fransiyaga qaytishdan bosh tortgan edi. Parker murabbiylik faoliyati davomida Angliya Premer-ligasining “Bornmut” va “Fulhem” jamoalarida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato