Pochettino Messini PSJda ko'rmoqchi

Alisher
2 fev 2021, 13:24
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan ishlab ko'rishni xohlashini aytdi.

"PSJ rahbariyatining yaxshilanish strategiyasi bor. Agar men Lionel Messi bilan ishlash imkoniyatini olsam, bu ajoyib bo'lar edi.

Ammo, hali kelajakda nima bo'lishini va yo'llar kesishishi yoki kesishmasligi to'g'risida bilmayman", - deydi Pochettino.

Messining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca