

Argentinalik murabbiy Fransiya chempionatini jismoniy jihatdan kuchliroq deb hisoblaydi.
"Fransiya chempionatining juda og'ir kechayotgani menda o'zgacha taassurot qoldirdi. Bu yerda sifat bor. Menimcha, Liga 1 jismoniy jihatdan dunyodagi eng kuchli chempionat hisoblanadi. Bu yerda iqtidorli futbolchilar va murabbiylar ko'p.
Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga qodir va hech qachon taslim bo'lmaydigan jamoalarni ko'rishimiz mumkin. Biz ushbu ligada ekanligimizdan xursandmiz.
Men Liga 1 Premer-ligadan kuchliroq demayapman. Ammo o'yinlarga qaraydigan bo'lsak, fizika nuqtayi nazaridan, Liga 1 Premer-ligani ortda qoldiradi", - dedi Pochettino.



