

“Durangdan hafsalimiz pir bo'ldi. O'yin ssenariysini hisobga olsak, bundan qoniqish qiyin. Umumiy olganda esa natija adolatli. Biroq, bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Yanada yaxshiroq tahlil qilishimiz kerak. “RB Leyptsig”ning kuchini tan olamiz. Bu jamoa ko'p narsaga loyiq.
2-o'ringa tushib qolganimiz? Bu hech narsani o'zgartirmaydi. Manchesterga g'alaba uchun boramiz, guruh g'olibiga aylanishga harakat qilamiz. Ammo eng muhimi bu pley-off yo'llanmasi”, deydi argentinalik mutaxassis.



