Pochettino: "Dele Alli yovvoyi tulporga o'xshaydi"

Aslanov Jasurbek
21 okt 2016, 18:14
"Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino jamoa yarim himoyachisi Dele Allini yovvoyi tulporga o'xshatdi.

"Ayni damda Alli ancha tajribali bo'lib qoldi va ko'proq vaqtini futbolga sarflayapti.

U siz qo'lga o'rgatishingiz kerak bo'lgan yovvoyi tulporga o'xshaydi. Alli biroz yovvoyiroq katta iqtidor egasi, ammo hozir o'zini bosib olgan. Biroq u yovvoyiligini yo'qotmaydi, chunki aynan shu narsa uni Delli Alliga aylantirdi" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: squawka.com