Plyaj futboli: O'zbekiston - Iroq 6:1

Narzulla Saydullayev
25 mar 2015
Hozirgina plyaj, yani sohil futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvini yakunladi.
Kecha BAA terma jamoasini mag'lub etgan (6:5) Ahad Yusupov shogirdlari bugun Iroqni 6:1 hisobida taslim qilishdi. Shu tariqa, guruhda birinchi o'rinni O'zbekiston band etdi va chorak finalga yo'llanma oldi.

O'zbekiston - Iroq 6:1
Gollar: Feruz Faxritdinov, Sarvar Xolmurodov – 2, Jamoliddin Sharipov – 2, Jafar Irismetov – Xussayn Jabbor.



Guruhning ilk o'yinida BAA Iroqdan 7:5 hisobida ustun kelgandi.

Ma'lumot o'rnida aytish joiz, Osiyo chempionatida sovrinli o'rinlarni band etgan terma jamoalar shu yili Portugaliyada o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia