Plyaj futboli. O'zbekiston Jahon reytingida 57-o'rinda

Narzulla Saydullayev
3 mar 2016, 17:22
Butunjahon Plyaj futboli assotsiatsiyasi 2016 yilning fevral oyi holatiga ko'ra Jahon reytingini e'lon qildi.

Ushbu reytingga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi Jahonda 57-o'rinni egallab turibdi va uning hisobida 152 ochko mavjud.

O'zbekiston Osiyo qitasi vakillari orasida 10-pog'onadan joy olgan. Jahon reytingida Osiyo jamoalari kuchli 10 jamoasi reytingi quyidagicha ko'rinish olgan:

1.(7) Eron - 1580

2.(11) Yaponiya - 953

3.(12) BAA - 949

4.(15) Ummon - 814

5.(28) Livan - 491

6.(36) Xitoy - 318

7.(51) Tayland - 201

8.(53) Baxrayn - 172

9.(56) Vetnam - 159

10.(57) O'zbekiston - 152

Jahon reytingi peshqadami esa - Rossiya terma jamoasi. Uning hisobida 3450 ochko mavjud. Kuchli uchlikdan shuningdek Portugaliya (3190) hamda Braziliya (2393) terma jamoalari o'rin olgan.

Takidlash kerakki, ushbu reyting tuzilishida, Jahonning barcha terma jamoalarining 2012 yildan buyon o'tkazib kelayotgan o'yinlari hisobga olingan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com