

Ushbu Jahon reytingida O'zbekiston plyaj futboli terma jamoasi 55-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 165 ochko bor.
Reytingni 2011 hamda 2013 yilllarda Jahon chempionligini qo'lga kiritgan Rossiya boshqarib bormoqda. Jahonning amaldagi chempioni – Portugaliya terma jamoasi esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni plyaj futbolidagi eng sovrindor jamoa – Braziliya yakunlab bergan.
Osiyo qitasi terma jamoalari orasida esa O'zbekiston 9-o'rinda. Jahon reytingida 6-o'rinda borayotgan Eron terma jamoasi Osiyo qitasi terma jamoalari orasida eng yaxshi ko'rsatkichka ega. Kuchli uchlikdan, shuningdek, BAA va Yaponiya terma jamoalarii o'rin olgan.
Ushbu havola orqali, to'liq ro'yxat bilan tanishib olish mumkin.



