

"Xayrli kech. Menimcha, bugungi o'yinda g'alabaga haqli edik. Birinchi bo'limda imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshlamadik, lekin almashtirishlardan keyin yana tashabbusga erishdik. Biroq gol ura olmadik. Bugun birinchi bellashuvga nisbatan faolroq o'ynadik.
Oxirgi mo'ljalni nishonga olishda adashdik. O'yin boshidanoq vaziyatlar yuzaga keltirdik. Raqibda esa darvozaga xavfli zarba deyarli bo'lmadi. Biz hujumkor futbol ko'rsatishga intilamiz. Hujum uyushtirish va o'yin nazoratida yaxshiroq bo'ldik. Endi keyingi bahsda g'alaba qozonishga harakat qilamiz", – deydi "Paxtakor" ustozi.



