Pishchek “Borussiya” bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirdi

13 mar 2018, 23:52
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachi Lukash Pishchek bilan shartomani uzaytirdi.

Polshalik futbolchining yangi shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladi.

32 yoshli futbolchi 2010 yildan buyon “Borussiya” tarkibida harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u Bundesliganing 16 ta uchrashuvida maydonga tushdi va ikkita golga hammualliflik qildi.


O'xshash yangiliklar


Manba: "Боруссия" Д расмий сайти