Pirlo: "Ronaldu bilan kelishib oldik"

Mirjalol Normatov
27 noya 2020
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo hujumchi Krishtianu Ronaldu A Seriya 9-turi doirasida "Benevento"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishini tasdiqladi.

"Krishtianu juda ko'p o'yinlarda qatnashdi va shu sababdan u bilan kelishib oldik. Ronaldu "Benevento"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi", - dedi Pirlo klub matbuotiga.

Ushbu mavsumda portugaliyalik futbolchi A Seriyaning 5 o'yinida 8 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal