Pirlo Portugaliya klubini boshqaradimi?

Sherzod Nurmatov
17 apr 2022, 19:21
"Yuventus" sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Andrea Pirlo faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 42 yoshli italiyalik mutaxassis "Braga"ni boshqarish ehtimoli bor. Klub Pirloga 2021/22 yilgi mavsum yakunlangach ish taklif qilmoqchi.

Pirlo 2020 yilning avgustidan 2021 yilning mayigacha "Yuventus"ga ustozlik qilgan. Bu uning yagona murabbiylik ishi.

"Braga" Portugaliya chempionatida 29 o'yindan keyin 55 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola