Pirlo: "Morataning xatosi meni juda g'azablantirdi"

Alisher
17 dek 2020, 10:14
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo hujumchi Alvaro Morata haqida "Atalanta" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng gapirdi.

Bo'sh darvoza oldida Morata tovoni bilan o'ynashga qaror qildi, ammo o'xshamadi.

"Bu meni juda qattiq g'azablantirdi. Biz buni o'zimizga ravo ko'ra olmaymiz, sababi bunday vaziyatlar o'yin taqdirini hal qilishi mumkin.

Ammo, Morata ajoyib o'yin o'tkazdi. Bunday vaziyatlar ham bazida sodir bo'lib turadi", - deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com