Pirlo: "Morata - buyuk o'yinchi"

Alisher
21 noya 2020, 12:12
"Yuventus" bosh murabbiyi Turin klubida ijara asosida o'ynayotgan "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata haqida gapirdi.

"Morata - buyuk o'yinchi, aynan shu sabab biz uni bu erga taklif qildik. U bu yerda London va Madridda yetishmayotgan ishonch va xotirjamlikni tikladi. Biz uni juda ham qadrlaymiz va doim qo'llab-quvvatlaymiz", - deydi Pirlo.

28 yoshli Morata joriy mavsum "Yuventus" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Qayd etish kerakki, ijara shartnomasida ispaniyalik futbolchini Turin klubi xarid qilishi mumkinligi borasidagi band bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia