Pirlo faoliyatini yakunladi, u bugun muxlislar bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
6 noya 2017, 22:38
Bugun italiyalik afsonaviy futbolchi Andrea Pirlo 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Yarim himoyachi bu haqda o'zining “Tvitter”dagi sahifasida xabar qoldirdi.

“MLS chempionatidagi so'nggi o'yinim. “Nyu-York Siti”dagi faoliyatim deyarli yakuniga yetib keldi. Shu bois, jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda muxlislarga bir necha yillik hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Hammasi uchun rahmat”, - dedi Pirlo.

Ma'lumot uchun, “Milan” va “Yuventus” klublarining sobiq futbolchisi “Nyu-York Siti” jamoasi safiga 2015 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Andrea Italiya terma jamoasi safida 116 ta o'yinda maydonga tushgan. Olti bor A Seriya chempioniga aylangan. Ikki marotaba YCHLda bosh mukofot sohibi bo'lgan. 2006 yilda jahon chempionligini qo'lga kiritgan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif