

"Pogba - ajoyib futbolchi. O'tgan mavsum barcha uchun qiyin o'tdi. Odamlar doimo uning transferini gapiradi. Chunki o'shanda MYU Pogbani qaytarish uchun 100 million evro sarflagandi.
Balki aynan shu unga bosim berayotgandir. Biroq unga beradigan tavsiyam - klubda qolish. "Manchester Yunayted" - futbol tarixidagi eng katta klublardan biri. Pogbaning bu erda yakunlanmagan ishlari bor. Ishonaman, agar u qolsa, keyingi mavsumda jamoaning yetakchisi bo'lishiga ishonaman", - dedi Pires.



