Pioli: "Tishni tishga qo'yib chidadik"

Mirjalol Normatov
11 sen 2022, 10:28
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya doirasida "Sampdoriya" bilan o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Og'ir g'alaba bo'ldi. 10 kishi bo'lib qolganimizdan keyin tishni tishga qo'yib chidashga majbur bo'ldik. Yigitlar  to'p uchun qattiq kurashishdi.

"Sampdoriya" bu yerda "Yuventus", "Lacio"dan ochko oldi. Bu oson emas. Biz o'zimizga kamroq texnik xato qilishni maqsad qilib qo'ygandik. O'ylaymanki, buni uddalay oldik", - dedi "Milan" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia