Pioli: “Milan” xuddi shunday ruhda davom etishi kerak”

24 yanv 2020, 09:10
“Milan” ustozi A Ceriya 21-turidan o'rin olgan “Breshiya”ga qarshi bahsdan oldin fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'yinimizni sezilarli darajada kuchaytirishga erishdik. “Milan” xuddi shunday ruhda davom etishi kerak. Musobaqa jadvalidagi o'rnimizni o'zgartirishni xohlaymiz. Futbolchilarimizning ko'pchiligi yaxshi sport formasida. Shunday ekan, menda tarkib bilan bog'liq muammo yo'q. Ularni tanlashimga to'g'ri keladi. Bu esa juda yoqimli”, - deydi Stefano Pioli.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Милан” расми сайти