Pioli A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiy deb topildi

Alisher
4 noya 2021, 17:38
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli oktyabr oyida A Seriyaning eng yaxshi murabbiyiga aylandi.

"Milan" oktyabr oyida Italiya chempionatida 5ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. 

Stefano Pioli jamoasi Atalanta (3:2), Verona (3:2), Bolonya (4:2), Torino (1:0) va Roma (2:1)ni mag'lub etdi.

"Milan" ayni damda "Napoli" bilan A Seriya turnir jadvalini boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: legaseriea.it