Pikford mushtlashuvda ishtirok etdi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019
"Everton" va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford barlarning birida sodir bo'lgan mushtlashuvda ishtirok etdi.

Voqea Sanderlendda sodir bo'ldi. Darvozabon barning boshqa tashrifchisi bilan kelisha olmay qoldi. Janjal ishtirokchilarini turli tomonlarga ajratishga to'g'ri keldi. "Everton" vakillari voqea haqida ma'lumotga egalar.

Pikford Rossiyada o'tgan jahon chempionatida Angliya terma jamoasining asosiy darvozaboni edi.

Jordan Pikford joriy mavsum APLning 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 42ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun