Pikford: "Angliya so'nggi bora yarim finalda o'ynaganida men tug'ilmagan edim"

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018, 18:58
Angliya termasi posboni Jordan Pikford milliy jamoaning mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Yangi pog'onaga chiqishimizda muxlislar katta yordam berishdi. Bunday futbol atmosferasida o'ynash - juda yoqimli. Shvetsiyaga qarshi o'yin qiyin o'tishini bilardim, ularning qanday uslubda o'ynashini ham his qildik. Ilk seyvimdan keyingi kayfiyatni butun bir o'yin davomida saqlab qola oldim.

Endi tarixni yozish kerak. Angliya so'nggi bora jahon chempionatining yarim finalida o'ynaganida men tug'ilmagandim", - dedi Pikford.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru