Pike qanday shartlar evaziga farzandlarini Shakira bilan AQSHda yashashiga rozi bo'lishi ma'lum bo'ldi

Alisher
30 iyul 2022, 11:47
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike qanday shartlar evaziga farzandlarini Shakira bilan Mayami (AQSH)da yashashiga rozi bo'lishi ma'lum bo'ldi.

35 yoshli ispaniyalik oldin qarshi bo'lgan bo'lsa ham, hozirda farzandlarini ketishiga rozi.

Qayd etish kerakki, himoyachi ikkita shart qo'ydi. U 45 yoshli kolumbiyalikdan bolalarini ko'rish uchun yiliga Mayamiga beshta birinchi klassdagi parvoz, shuningdek qarzni to'lash uchun 400 ming evro so'raydi.


Pike va Shakira 12 yillik munosabatlardan so'ng ajrashishlarini e'lon qilishdi 

Pike va Shakira ajrashganlariga qaramay, o'g'lining beysbol o'yiniga birgalikda tashrif buyurishdi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca