

Ayni damda "Chikago Fayr" klubi safida to'p tepayotgan 32 yoshli futbolchi terma jamoasidagi professional faoliyatini yakunlayotganini ma'lum qildi. Bu haqda yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
"Etti turnir, ko'plab gollar, Shveytsariya terma jamoasidagi 14 yil va unutilmas lahzalar. Terma jamoa bilan xayrlashish vaqti keldi", – dedi Shakiri.
Maydonda 124 ta o'yin va 32 ta aniq zarba – bu xavbekning Shveytsariya terma jamoasi libosidagi ko'rsatkichlari. U ketma-ket uchta Jahon chempionati va Yevropa chempionatlarida (2014-2024) gol urgan.



